Donorlar xayriyasi bemorlarga hayot bag‘ishlaydi
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda viloyat qon quyish markazi markazi bilan hamkorlikda donorlik xayriya kunlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tashabbusi bilan mamlakatimizda joriy yilning 18-20 fevral kunlari "Ezgulik albatta qaytadi" shiori ostidagi xayriya donorlik aksiyasi doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirlarda viloyatimizning yuzlab yoshlari qon topshirishdi.
Aksiyada Samarqand harbiy garnizoniga qarashli harbiy qismlarning askarlari faol bo‘ldi. Ularning bu beminnat yordami shifoxonalarda davolanayotgan onkogematologik kasalliklarga chalingan bemorlarga ishlatiladi.
Abdusalom JALILOV,
viloyat qon quyish markazi bo‘lim boshlig‘i.