Drondan 8 davlat organi foydalanishi mumkin

Shuning uchun ham ko‘plab davlatlar bunday vositalardan foydalanishni tartibga solishga jiddiy kirishdi. Sababi oddiyfuqarolar mazkur qurilmadan nima maqsadda foydalanayotganini bilish qiyin kech­yapti. Bundan noto‘g‘ri foydalanish insonlar hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi ko‘pincha e’tiborga olinmayapti.

O‘zbekiston uchuvchisiz uchish vositalaridan foydalanishni tartibga solgan davlatlar sirasiga kiradi. Amaldagi tartibga ko‘ra, mamlakatimizga uchuvchisiz uchish apparatlaridronlarni olib kirish va ulardan foydalanish taqiqlanadi. Faqatgina 8 davlat organiga o‘z vazifalarini bajarishlari uchun dronlardan foydalanishga ruxsat berilgan.

Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, uchuvchisiz uchish vositalarini yurtimizga olib kirish, foydalanish va sotishga oid holatlar ko‘paygan.

Xo‘sh, drondan foydalanish bo‘yicha belgilangan tartib-qoidaga rioya etmagan shaxslarga qanday choralar ko‘riladi?

2017 yilda O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘z­gartish va qo‘shimchalarga ko‘ra, mamlakatimiz samoviy hududidan qo­nunga xilof ravishda, ya’ni ruxsatsiz foydalanish uchun olib kirilgan dronlar musodara qilinib, javobgar shaxslarga eng kam ish haqining 20 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima yoki 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.

Xuddi shu qonunbuzarlik ma’muriy javobgarlik chorasi qo‘llanilgandan keyin qaytarilsa yoki badanga o‘rtacha og‘ir va og‘ir jarohat yetkazilsa, eng kam oylik ish ha­qining 100 baravaridan 250 baravarigacha miqdorda jarimaga tortish yoxud 2 yilgacha axloq tuzatish bilan jazolanadi.

O‘sha harakat odam o‘lishiga sabab bo‘lsa, 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha ozodlikdan cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.

Yana bir jihati, o‘sha harakat odamlar o‘limiga va boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Respublikamizda uchuvchisiz uchish vositalaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olish hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida shu yilning 1 dekabriga qadar yurtimizga olib kelingan dronlarni ixtiyoriy ravishda viloyat IIB va uning hududiy bo‘limlariga topshirish talab etiladi. Bunday holatda fuqaroga nisbatan hech qanday choralar qo‘llanilmaydi.

 

Shirin NORMATOVA.