Dunyodagi eng yoqimli hid qaysi, yoqimsizi-chi?
Dunyo turli-tuman hidlarga boy. Hidlar hamma joyda - oshxonada, ishda va hatto munosabatlarda ham bor. Xo‘sh, qaysi hid dunyoda eng yoqimli hisoblanadi?
Bu borada shved va ingliz olimlari butun dunyodan 235 nafar ko‘ngillini jalb qilib, tadqiqot o‘tkazishga qaror qilishdi. So‘rovda hatto yopiq mahalliy jamiyatlar vakillari ham ishtirok etdi, natijalar “Science Daily” tomonidan nashr etildi.
Aniqlanishicha, dunyoda ustunlikka da’vo qila oladigan ikkita hid mavjud ekan.
Eng yoqimli hidlar
Yuqorida aytib o‘tilganidek, birinchi o‘rin uchun ikki muattar hid raqobatlashdi. Birinchi o‘rin vanilga berildi. Bu yerda, albatta, uning nozik xushbo‘yligi va dunyodagi mashhurligi rol o‘ynagan bo‘lsa, ajabmas.
Ikkinchi o‘rinni yog‘ kislotasining efiri egalladi. Ma’lum bo‘lishicha, shaftolining hidi aynan shunday nomlanar ekan.
Eng yoqimsiz hid
Yo‘q, bu chirigan tuxum hidi emas.
Tadqiqotchilar izovalerik kislota (soya suti, turib qolgan pishloq) eng badbo‘y degan xulosaga kelishdi.