DXA Adliya vazirligiga qo‘shib yuborildi
- 17.03.2022 18:03
- 267
- O‘zbekiston
Prezidentning "“Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash hamda huquqiy xizmat ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Davlat xizmatlari agentligi va Intellektual mulk agentligi Adliya vazirligiga qo‘shib yuborildi.
Endi ular vazirlik tarkibida departamentlar sifatida faoliyati yuritadi. Qo‘shilish natijasida Adliyada respublika darajasidagi rahbarlar soni 2 barobarga qisqardi, boshqaruv xodimlari soni 110 taga kamaydi, vazirlik tizimidagi boshqaruv tuzilmalari 666 tadan 222 taga, bir-birini takrorlovchi vazifalar 34 foizga, funksiyalar 46 foizga qisqarmoqda.
Shuningdek, tuman darajasida alohida faoliyat yuritadigan 4 ta tuzilma birlashtirilmoqda. Adliya bo‘limlari, DXM, FHDYo, yuridik xizmat markazlari tuman-shahar adliya bo‘limlari tarkibiga kiritilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Ta’lim falsafasi
- 2 soat avval
- Ta’lim
“Dinamo” mavsumga tayyormi?
- 2 soat avval
- Sport
Stipendiya joriy etilgan maktab
- 2 soat avval
- Ta’lim
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida qamrov oshdimi?
- 2 soat avval
- Ta’lim