DXM sohasida eng ko‘p qonunbuzarlik davlat kadastrlari palatasida

Joriy yilning birinchi choragi davomida o‘tkazilgan tekshirish va monitoringlar natijasida davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 3 589 ta qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Shundan 3 366 holatda davlat xizmatlari ko‘rsatish muddatlari buzilgan, 25 holatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat xizmatlari ko‘rsatilgan, 42 holatda ortiqcha hujjat talab qilib olingan, 92 holatda murojaatlar asossiz rad etilgan va 64 holatda boshqa qonunbuzilishlariga yo‘l qo‘yilgan.

Agar buni sohalar kesimida ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari tomonidan 1105 ta, “Samarqand suv ta’minoti” MChJ va uning tuman (shahar) filiallari tomonidan 842 ta, davlat soliq idoralari tomonidan 400 ta, sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan 417 ta qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgan.

Ushbu holatlar bo‘yicha vakolatli idoralarning rahbarlari nomiga 15 ta taqdimnoma va 225 ta ogohnomalar kiritildi. Shuningdek, 85 nafar aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, 39 nafarining intizomiy javobgarlikka tortilishi ta’minlandi. 7 nafar xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati.