Ko‘chmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish qanday tartibda amalga oshiriladi?

⚠️ Xizmat: Ko‘chmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish

🙎‍♂️ Xizmatdan foydalanuvchilar

Ko‘chmas mulk egalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar

🔄 Xizmatni ko‘rsatish tartibi

1. Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi hamda so‘rovnoma to‘ldiradi. 

2. Vakolatli organ (Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi) joylardagi o‘lchovlarni amalga oshiradi.

3. Ariza beruvchi tomonidan hisob-fakturada ko‘rsatilgan to‘lov amalga oshirilgach, kadastr pasporti shaklantiriladi.

🗓 Xizmatni ko‘rsatish muddati

Kadastr pasportini tayyorlash ob’yektning murakkabligiga qarab quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

➖ ko‘chmas mulk ob’yektlarining turar joyga oid qismi bo‘yicha:

● ko‘p kvartirali uydagi kvartira – 3 ish kunigacha;

● yakka tartibdagi turar joy – 5 ish kunigacha;

➖ ko‘chmas mulk ob’yektlarining noturar joyga oid qismi bo‘yicha:

● umumiy maydoni 100 kv.m. gacha – 5 ish kunigacha;

● umumiy maydoni 100 kv.m. dan 1 000 kv.m. gacha – 7 ish kunigacha;

● umumiy maydoni 1 000 kv.m. dan 5 000 kv.m. gacha – 10 ish kunigacha;

● umumiy maydoni 5 000 kv.m. dan 15 000 kv.m. gacha – 15 ish kunigacha;

● umumiy maydoni 15 000 kv.m. dan 50 000 kv.m. gacha – 20 ish kunigacha;

● umumiy maydoni 50 000 kv.m. dan ortiq – 25 ish kunigacha;

● ajratilgan yer uchastkalari bo‘yicha – 3 ish kunigacha.

➡️ Xizmat narxlari bu yerda.

🖥 YaIDXP orqali murojaat etilganda, to‘lov qiymati summasining 90 foizi undiriladi.

✅ Quyidagi hollarda kadastr pasportini rasmiylashtirish bepul amalga oshiriladi:

👉 ko‘chmas mulk ob’yekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’yektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va aloxida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

👉 ko‘chmas mulk ob’yektining bir qismi begonalashtirilganda ob’yektning qolgan qismiga yoki rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

👉 kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda).

⏳ Ushbu hollarda kadastr pasporti 3 ish kuni mobaynida rasmiylashtiriladi.

☑️ Qog‘oz shaklidagi kadastr pasporti Davlat xizmatlari markazi yoki YaIDXP orqali, plastik shakldagi kadastr pasporti faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etiladi.

Bu haqda Huquqiy axborot ma’lum qildi.