Ekologik partiyaning Samarqand viloyat bo‘limiga yangi rais saylandi

Viloyat ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi o‘rinbosari I.Xushvaqtov, viloyat partiya tashkiloti ijroiya qo‘mitasi a’zolari, deputatlar, Ayollar va Yoshlar qanoti yetakchilari va faollari ishtirokida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

 

Kengash qaroriga ko‘ra, Samarqand viloyat partiya tashkiloti ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimiga Baxtiyor Abdullayev nomzodi ko‘rsatildi va saylandi.

Ma’lumot o‘rnida: B.Abdullayev viloyat Kengashi deputati, Ekoharakat hududiy bo‘limi rahbari va partiya tashkiloti raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Tadbirda, shuningdek, yoshlar partiya safiga qabul qilindi, Ekologik partiya viloyat tashkilotining choraklik hisoboti tinglandi.

Samarqand viloyati ekologik partiyasi axborot xizmati.