Eksportyorlarga moliyaviy ko‘mak beriladi
Hukumatning 11 sentyabrdagi qarori bilan Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish agentligi tomonidan eksport qiluvchi tashkilotlarga moliyaviy yordam ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Endi eksport qiluvchi tashkilotlarga agentlik tomonidan moliyaviy yordam beriladi.
Bunda Respublika va xorijda xalqaro standartlash va sertifikatlash tizimlarini joriy etish (20 ming AQSh dollaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda), taqdimot va reklama kompaniyalarini o‘tkazish (bir korxona uchun bir chorakda 5 ming AQSh dollaridan ortiq emas), xorijiy vakolatli organlarda milliy mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish (10 ming AQSh dollaridan ortmagan holda) to‘liq moliyalashtiriladi. Shuningdek, xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok etish xarajatlarining yarmi, xorijdagi biznes-seminar, treninglar, savdo missiyalari va biznes-forumlarda ishtirok etishda ham moliyaviy yordam beriladi.