Endi fuqarolar o‘zlariga tegishli yer uchastkalarini onlayn xususiylashtirishi mumkin

Ushbu qulaylik Davlat aktivlarini boshqarish agentligining «Yerxususiylashtirish» avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur xizmatdan foydalanish uchun istalgan Davlat xizmatlari markazlariga murojaat etish yoki uydan chiqmagan holda my.gov.uz orqali ariza topshirish mumkin.

My.gov.uz orqali foydalanishda tegishli xizmat tanlanib, so‘ralgan ma’lumotlar to‘ldiriladi.