Endi mehnat daftarchasi va mehnat shartnomasi elektron shaklda to‘ldiriladi

Prezidentning 2019 yil 31 oktyabrdagi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorida 2020 yil 1 yanvardan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy etish belgilangan.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi xabariga ko‘ra, qaror ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik huzurida «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini boshqarish direksiyasi tashkil etilib, malakali mutaxassislar ishga jalb qilindi.

223

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 5 dekabrdagi «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi joriy qilinishini va uning ishlashini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori talablariga muvofiq Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan Direksiya negizida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning mas’ul xodimlari uchun «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalanishni o‘rgatish bo‘yicha seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda.

Xususan, tashkil etilgan seminar-treninglarda qariyb 1,2 million nafar ishchi-xodimga ega bo‘lgan 144 ta vazirlik, idora, tijorat banklari hamda boshqa tashkilotlarning xodimlar bilan ishlash masalasi va axborotlashtirish (ATM) bo‘yicha mas’ul rahbar xodimlari ishtirok etishdi.

224

«Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorning 3-bandiga muvofiq 2020 yil 1 yanvardan boshlab yangi mehnat shartnomalarini tuzish, amaldagi mehnat shartnomalariga o‘zgartirish kiritish, shuningdek, ularni tugatish holatlarini «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida majburiy ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etiladi.

Bunda 2020 yil 1 yanvarga qadar tuzilgan amaldagi mehnat shartnomalari 2020 yil 1 sentyabrdan kechiktirmasdan «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Mehnat shartnomalarini «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida ro‘yxatdan o‘tkazish belgilangan tartibda ish beruvchi tomonidan amalga oshiriladi.

222 (1)

2020 yil 1 yanvardan boshlab, ro‘yxatdan o‘tkaziladigan mehnat shartnomalaridagi ma’lumotlar asosida «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksida avtomatik tarzda shakllantiriladigan xodimning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi elektron mehnat daftari joriy etiladi.

«Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi quyidagi imkoniyatlarni beradi:

- mehnat shartnomalarini elektron shaklda ro‘yxatdan o‘tkazish (o‘zgartirishlar kiritish, mehnat shartnomalarini bekor qilish);

- ish beruvchilar tarkibi (shtat jadvali) bo‘yicha elektron ma’lumotlar bazasini yaratish;

- elektron mehnat daftarchasida fuqarolarning mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yaratish;

- xodimlarning miqdoriy va sifat tarkibi, bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ob’yektiv, oshkora ma’lumotlarni yaratish.

Mehnat munosabatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalanish tashkiliy-huquqiy shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar, barcha ish beruvchilar uchun majburiydir.

«Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan foydalanish barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun bepuldir.