"MSFER-U" nashriyot uyi "Mehnat daftarchasi: yuritish va hisobini olib borish" kitobini o‘zbek va rus tillarida nashrdan chiqardi

Mazkur kitobda mehnat daftarchasini yuritish, hisobini olib borish va saqlash tartibi ko‘rib chiqiladi. Kitob ma’lumotnoma shaklida tayyorlangan bo‘lib, unda siz mehnat daftarchalari bilan ishlarni tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar va tavsiyalar, xodimni ishga qabul qilishda, boshqa ishga o‘tkazishda hamda u bilan mehnat munosabatlarini bekor qilishda mehnat daftarchasini to‘ldirishdagi yondashuvlar, mehnat daftarchasidagi yozuv- larni o‘zgartirish prinsiplari, mehnat daftarchasi dublikatini to‘ldirish koidalari bilan tanishasiz.

Nashrda turli vaziyatlarda mehnat daftarchasini to‘ldirishga misollar, kadrlarga doir ish yuritishning ayrim hujjatlariga misollar keltirilgan. Ulardan kadrlar xizmatlari xodimlari kundalik ishida foydalanishlari mumkin. Rus tilidagi nashrda mehnat daftarchasini to‘ldirishga misollar davlat tilida berilgan bo‘lib, rus tilidagi tarjimasi kam keltirilgan.

Shuningdek, kitobda band aholining ayrim toifalari (masalan, yakka tartibdagi tadbirkorlar, fermer xo‘jaliklari a’zolari va hokazo) mehnat daftarchalarini yuritish masalalariga bag‘ishlangan bo‘lim ham bor. Shuning uchun mazkur nashr O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining hududiy bo‘limlari xodimlari uchun ham foydalidir. Mehnat daftarchalari haqidagi qonunchilikka rioya etilishini nazorat qilish va uni buzganlik uchun javobgarlik masalalari har tomonlama yoritilgan.

Qulaylik uchun kitobda mehnat daftarchalarini to‘ldirish va yuritish masalalarini tartibga soluvchi asosiy me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham berilgan.

M.GASANOV.

Kitobni rus yoki o‘zbek tillarida sotib olish masalalari bo‘yicha “MSFER-U” nashriyot uyiga quyidagi telefonlar orqali murojaat etishingiz mumkin: (+99871) 252-13-23, 252-26-22, 252-58-13

«MTSFER-U nashriyot uyi». O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 28 iyundagi AI №205-son litsenziyasi.