Endi samarqandliklar tungi paytda ham diagnostika xizmatlaridan foydalanishi mumkin
Yaqindan boshlab samarqandliklar dam olish kunlari hamda tungi vaqtlarda ham tibbiy diagnostika xizmatidan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Bu haqda Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Samarqand shahridagi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali hamda barcha tumanlar va Kattaqo‘rg‘on shahrida faoliyat yuritayotgan qabul bo‘limlarida UTT, EKG kabi diagnostik xizmatlari kechayu kunduz faoliyat yuritadi.
Shuningdek, bayram kunlari Samarqand shahridagi markaziy shifoxonada va ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika, shahar bolalar shifoxonasi, 1, 2, 3-sonli tug‘ruq majmualari hamda barcha tumanlar va Kattaqo‘rg‘on shahrida faoliyat yuritayotgan qabul bo‘limlarida navbatchilik asosida UZI, EKG kabi diagnostik xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan.