Endilikda ishga velosipedda qatnash mumkinmi?
- 17.04.2020 16:29
- 373
- O‘zbekiston

Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda velosiped yoki skuterda ishga qatnash uchun qanday hujjatlar bo‘lishi kerakligini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 3 xil hujjatga ega bo‘lgan fuqarolar ishga velosiped yoki skuterda qatnashlari mumkin. Ya’ni, ular yonida har doim «pasport, ish joyidan guvohnoma yoki mehnat daftarchasining nusxasi, shuningdek, karantin paytida ishga jalb etilganligi haqida tashkilotdan ruxsatnoma bo‘lishi lozim.
Velosiped yoki skuterdan mazkur 3 ta hujjat bilan faqat ishga borib-kelish uchun foydalansa bo‘ladi. Ularni boshqa maqsadlarda ishlatish karantin qoidalarini buzish hisoblanadi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
AQShda eng ko‘p qidirilgan jinoyatchi
- Kecha, 22:05
- O'qing, qiziq!
Nega kitob o‘qishga odatlanmay qo‘ydik?
- Kecha, 17:02
- Mutolaa
Endi grantlar manzilli bo‘ladi
- Kecha, 15:18
- Samarqand