Eng uzoq va eng qisqa nikoh munosabatlari
Aytishlaricha, insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan nikoh 90 yilni tashkil etgan.
Britaniyada yashagan asli kelib chiqishi hindistonlik Karama va Katari Chand 1925 yilda turmush qurgan va 2015 yilda ular nikohining 90 yilligini nishonlashgan.
Insoniyat tarixidagi eng qisqa nikoh esa... 3 daqiqa davom etdi. Bu Quvaytda bo‘lib o‘tgan. Qisqa qilib aytganda, er-xotinning rishtasiga ular to‘y saroyini tark etishga ulgurmasdanoq darz ketdi.
Shunday bo‘ldiki, barcha rasmiyatchiliklarni bajarib bo‘lgach, yangi turmush qurgan kelin qandaydir tarzda noo‘ng‘ay qadam tashladi, qoqilib ketdi va yerga yiqildi.
Uning hozirgina turmush o‘rtog‘i bo‘lishga ulgurgan er xotinini o‘rnidan turishga yordam berib yupatish o‘rniga, uni masxara qila boshladi. Ustiga-ustak erkak xotinini ahmoq deb atadi.
Bunday “oilaviy hayotdan to‘yib ketgan” ayol, bundan keyin qo‘pol erining masxaralariga chiday olmaslikka qaror qildi va zaldan chiqmasdan, darhol ajrashish uchun ariza berdi.
Epchil xodimlar zudlik bilan kerakli hujjatlarni tayyorlashdi, nikoh bekor qilindi va u tarixdagi eng tez qisqa nikoh deb tan olindi.