Erdo‘g‘an AQSh sanksiyalarini tanqid qildi
«Bu qanday ittifoq? Qanday hamkorlik? Bu bizning suveren huquqlarimizga ochiq hujum», dedi Turkiya yetakchisi.
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Rossiyaning raketa-zenit kompleksini qo‘lga kiritgani bois AQShning Turkiyaga qarshi sanksiyalarini tanqid qildi. Uning aytishicha, AQShning raqiblariga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonuni asosida kiritilgan ushbu sanksiyalar Turkiyaning milliy suverenitetiga tahdid qilmoqda.
Ilgari AQShning raqiblarga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonuni Yevropada, ayniqsa, "Shimoliy oqim-2" gaz quvuri qurilishiga qo‘yilgan sanksiyalari tufayli tanqidga uchragan edi. Ammo Turkiyaga nisbatan Yevropa Ittifoqi ham sanksiyalar joriy qildi.
Modomiki, Turkiyaga nisbatan sanksiyalar qo‘llashga qaror qilar ekanmiz, Yevropa Ittifoqi va unga a’zo davlatlarga nisbatan bir tomonlama harakatlar va dushmanlik ritorikasini to‘xtatsa, muvaffaqiyatga erishishi mumkin bo‘lgan konstruktiv kun tartibi va dialog olib borishga tayyormiz, dedi Yevropa Kengashi prezidenti Charlz Mishel.
Yevropa Ittifoqining sanksiyalariga Turkiyaning Kipr va Gretsiya dengiz iqtisodiy zonasidagi geologik razvedka faoliyati sabab bo‘ldi. Germaniya, Ispaniya va Italiya sanksiyalarni yumshatish tarafdori bo‘ldi. Jabrlangan boshqa mamlakatlar bilan bir qatorda, sanksiyalarni yumshatishni Fransiya ham qo‘llab-quvvatladi.