Erdo‘g‘an Turkiya «nomini» o‘zgartirdi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiyaning eksport brendini o‘zgartirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Endi turk mahsulotlari Made in Turkey o‘rniga Made in Türkiye nomi bilan ishlab chiqariladi. Tegishli hujjat Resmi Gazete rasmiy nashrida e’lon qilindi.
Farmonda mazkur qaror “mamlakatning boy madaniyati va merosini aks ettiruvchi navbatdagi keng qamrovli qadam” ekanligi alohida ta’kidlangan. Yangi nom turk eksportchilarining halol va vijdonliligini tasdiqlashga qaratilgan. Shu bilan birga, Türkiye atamasi turk xalqining madaniyati va qadriyatlarini to‘liq aks ettirgani ta’kidlanadi.
Endi Turkiyadan mahsulotlar boshqa mamlakatlarga Made in Turkey o‘rniga (Turkiyada ishlab chiqarilgan – ingliz tilidan tarjimasi) o‘rniga Made in Türkiye yagona brendi ostida yetkazib beriladi. Türkiye atamasi xorijiy davlat va tashkilotlar bilan yozishma va hujjatlarda ham qo‘llaniladi.