Yerevan yaqinida 4,7 balli zilzila qayd etildi

Yerevandan sakkiz kilometr janubi-sharqda 4,7 balli zilzila bo‘ldi, deb xabar qildi Armaniston favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Armaniston poytaxtida 5-6 ballik silkinish sezilgan. Ba’zi binolarning tomi qulagan.

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan vaziyatni sharhlar ekan, katta zarar va talafotlar yuzaga kelmaganini ma’lum qildi. Xususan, respublika poytaxtida bir uy zarar ko‘rgan va bir kishi jarohat olgan.

Uyali aloqa tarmog‘ida qo‘nqiroqlar soni oshishi sababli aloqa sohasida ma’lum nosozliklar vujudga kelgan.