Erkin Qaytarov Payariqda maqom ansambli tashkil etdi
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qaytarov o‘zi tug‘ilib o‘sgan Payariq tumanida ijodkor san’atkorlarni yig‘ib, maqom ansambli tuzdi.
Payariq shahridagi madaniyat va aholi dam olish markazida sozandalarning tajribasi, bilimini yanada oshirish maqsadida chuqurlashtirilgan mashg‘ulotlar olib bormoqda.
-Maqom san’ati xalqimizning milliy merosidir, - deydi Erkin Qaytarov, - Samarqandda o‘z maktabiga ega ustoz san’atkorlarning ishini davom ettirish maqsadida iste’dodli yoshlarga, ijodkorlarga maqom aytish qoidalaridan saboq berayapman. Mahorat darslari davomida nutqning ravon bo‘lishi, ijro usuli borasida ham tajribalarimni o‘rtoqlashayapman.
Shirinboy MAMADALIYEV.