Erkin Qaytarov va yosh xonandalar jonli ijroda kuyladi

Samarqand ixtisoslashtirilgan san’at maktabida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Erkin Qaytarovning “Ustozlarga ta’zim” nomli konserti bo‘lib o‘tdi.
Unda Erkin Qaytarov va shogirdlari Navoiy, Bobur, Qoriy, Furqat, Xislat g‘azallari bilan aytiladigan qo‘shiqlarni kuyladi. Xonandaning “Ustozlar” va “San’atkorga ne darkor?” qo‘shig‘i ustoz-shogirdlar jo‘rligida ijro etildi.
San’at maktabi o‘quvchilari tomonidan “Chapandozi qalandar”, “Tortadur”, “Bo‘lmish”, “Bo‘l menga mahbub”, “Guljamol” g‘azallari jonli ijroda kuylandi.
Konsertda o‘qituvchilar, yosh xonanda va san’at shaydolari ishtirok etdi.
Fazliddin Ro‘ziboyev.