Erkinjon Turdimov «urush» e’lon qildi
- 18.02.2020 09:38
- 8806
- Samarqand
Bugun, 18 fevral kuni o‘tkazilgan hokimlik soatida tuman va shaharlardagi aholi yashash joylarini obodonlashtirish hamda sanitariya holatini yaxshilash, maishiy chiqindilar bilan bog‘liq masala muhokamasi chog‘ida Samarqand viloyati hokimi E.Turdimov ushbu masalaga befarqlik va e’tiborsizlikka qarshi “urush” e’lon qilishini ta’kidladi.
– Yaqinda bahor keladi, tabiat uyg‘onmoqda, – dedi E.Turdimov. – Shunga hamohang mudroq kayfiyatdagi kishilar ham uyg‘onishi kerak. Atrofga razm solsin, o‘z yashash va ish joyi, mahalla-ko‘y, ko‘chalar obodligiga e’tibor qaratsin. Bahorni uyg‘onish, yangilanish fasli deymiz, odamlar ham bunga tayyor bo‘lishi lozim. Tayyorgarlik esa avvalo o‘z uyimizdan, o‘zimizdan boshlansa, ayni muddao bo‘lardi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa