Ertaga - 27 fevral kuni Samarqand shahrining 16 ta mahallasida tabiiy gaz bo‘lmaydi
"Oqdaryo" gaz taqsimlash stansiyasida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan 2019 yil 27 fevral kuni Samarqand shahrining quyidagi mahallalarida soat 08:00 dan 18:00 gacha tabiiy gaz ta’minoti vaqtinchalik to‘xtatilishi ma’lum qilinadi:
Galaosiyo, Rasadxona, Shahriobod, Sarbadorlar, Sharq tongi, Davlatshohi Samarqandiy, Ogahiy, Toshkent, Xalifa Ibrohim, Xo‘ja Abdu Darun, Xalqobod, Sadriddin Ayniy, Qo‘shchinor, G‘afur G‘ulom, Ibn Sino hamda Samarqand tumaniga qarashli Konigil.
Shu munosabat bilan, sizlardan gazdan foydalanishda ehtiyotkorlikni so‘raymiz.
Samarqand shahar hokimligi.