Ertaga Samarqandda Qozog‘istondagi muzey-qo‘riqxona bilan hamkorlikda ko‘rgazma bo‘lib o‘tadi

Samarqand shahridagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida Qozog‘iston Madaniyat va sport ishlari vazirligining “O‘tror” davlat arxeologiya muzey-qo‘riqxonasi “O‘tror-Samarqand madaniyatlarining umumiy jihatlari” mavzusida ko‘rgazma tashkil etilmoqda.
Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan ashyolarning aksariyat qismi IX-XV asrlarga oid bo‘lib, uning asosiy qismi Qoraxoniy turk xoqonligi va temuriylar davriga oid ashyolarni tashkil etadi. Tarixiy-ma’rifiy ko‘rgazmada O‘trorda Buyuk ipak yo‘li orqali savdo aloqalari rivojlanganligi va Qoraxoniy turk xoqonligi davridan Qozoq xonligigacha bo‘lgan shahar madaniyati, shuningdek, yozma madaniyat rivojidan dalolat beruvchi arxeologik ashyolar namoyish etiladi.