Eski xabarlarga ishonmang! Qo‘shni davlatlardan o‘qishni imtihonsiz ko‘chirishga ruxsat berilmagan
“Qo‘shni davlatlardan o‘qishni imtihonsiz ko‘chirishga ruxsat berildi”, degan “shirin” yolg‘onni bu yil ham yana tarqatishmoqda. Bu yolg‘onga ishonishni chin dildan xohlaydiganlar ham anchagina. Shu sababli, ular bu xabarni bir-biriga tarqatib, mazza qilishmoqda.
Nima ham derdim, oldidan chiqqan har qanaqa xabarga ishonib ketaveradigan, tekshirib ko‘rishni bilmaydigan sodda insonlar bor ekan, mana shunaqa yolg‘on xabarlarni tarqatadiganlar ham bo‘laveradi. Siz o‘zingizni bu kabi yolg‘onlardan saqlamas ekansiz, sizni o‘zgalar himoya qilmaydi.
Aytgancha, qo‘shni davlatlardan imtihonsiz o‘qishni ko‘chirish aksiyasi faqat bir marta — 2020 yil ayni pandemiya boshlangan davrda e’lon qilingan edi. Boshqa bunaqa bo‘lmasa kerak (bo‘lmasin ham). Lekin kimlardir bundan manfaatdormi, kim bilsin, o‘tgan yili ham, bu yil ham shu eski xabarni tarqatishdan charchashmayapti, deydi Xushnudbek.uz.