Eynshteyn paypoq kiyishni umuman yoqtirmagan va buning sababini hech kim tushunib yetmagan

Albert Eynshteyn – bu buyuk fizik zamonaviy ilm-fanning katta qismi tuzilishini yetarli darajada tushungan va boshqalarga yetkaza olgan. U o‘zining mashhur E=mc² formulasida qora tuynuklar borligini idrok etib, massani energiya bilan bog‘lagani ko‘plarga ma’lum. Bugun bu daho haqida bir nechta yangi faktlarni e’tiboringizga havola etamiz.

Eynshteyn bir kechada mashhur bo‘lgan

U kechasi uxlayotib, ertaga taniqli bo‘lib uyg‘onishini bilmagan omadli kishilarning biri edi. 1915 yilda olim o‘zining umumiy nisbiylik nazariyasi to‘g‘risidagi ishini nashr etdi. Unda u tortishish maydonlari makon va vaqt to‘qimalarining buzilishini keltirib chiqarishi mumkin, deb ta’kidladi. Bu nihoyatda dadil va inqilobiy bayonot bo‘lganligi sababli ingliz astronomi Artur Eddington bu masalaga aniqlik kiritmoqchi bo‘ldi va zarur bo‘lgan jihozlar bilan qurollanib, quyosh tutilishini suratga olishga tushdi. Tasvirlarni ko‘rib chiqqan olim Eynshteyn nazariyasining ishonchliligini tasdiqladi. Ushbu yangilik orqali olim bir zumda butun dunyoda shuhrat qozondi...

U prezident bo‘lishi mumkin edi

Eynshteyn hech qachon yahudiy ildizlarini inkor qilmagan va ko‘pincha antisemitizm (irqiy shovinizmning eng ashaddiy turlaridan biri)ga qarshi ma’ruzalar qilgan. 1952 yilda Isroilning birinchi prezidenti Xaim Veysman vafot etganida, hukumat maslahatlashib, fizikni davlatni boshqarishga taklif qildi. Bu tashabbus Eynshteynni xursand qilmadi. Isroil elchisiga yozgan maktubida u ushbu faoliyat uchun odamlar bilan to‘g‘ri muloqot qilish va rasmiy xizmat vazifalarni bajarish uchun tabiiy qobiliyat va tajribaga ega emasligini aytdi.

U musiqachi edi

Buyuk fizikning onasi tajribali pianinochi bo‘lgan va bolaligida o‘g‘liga skripka chalib musiqaga bo‘lgan muhabbatni singdirishga harakat qilgan. Ammo Eynshteyn ko‘pincha bolalarda bo‘lgani kabi har qanday yo‘l bilan unga qarshilik ko‘rsatgan. Biroq yosh daho 13 yoshga to‘lganida Motsart faoliyatiga qiziqa boshladi va skripka chalish qobiliyatini rivojlantirdi.

Paypoqlarga qarshilik

Barcha daholar o‘ziga xos parishonxotirlik bilan ajralib turgan va Albert Eynshteyn ham bundan mustasno emas. U har doim biroz pala-partish ko‘rinishga ega bo‘lgan va kiyim shkafida umuman paypoq bo‘lmagan. Buyuk olim paypoq kiyishni umuman yoqtirmaganligi sababini hech kim tushunib yetmagan.

U federal qidiruv byurosi kuzatuvida bo‘lgan

1933 yilda Gitler hokimiyat boshiga kelganidan bir necha oy oldin Eynshteyn AQShga ketgan edi. Vatanidagi vaziyat tufayli u Germaniya bilan aloqalarini uzishni boshladi va 1940 yilda Amerika fuqaroligini oldi. Federal qidiruv byurosi bunday shaxsni e’tiborsiz qoldirishi mumkin emas edi. Shuning uchun ko‘p yillar davomida u ta’qib ostiga olingan edi. Natijada uning hujjatlari to‘plangan fayl 1800 sahifadan ko‘p bo‘lgan.

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.