Fevraldan shengen vizasi uchun to‘lov oshirildi
- 28.01.2020 17:07
- 180
- O‘zbekiston
Joriy yil fevralidan boshlab O‘zbekiston fuqarolari shengen vizasini olish uchun ariza topshirishda 80 yevro (shu paytgacha 60 yevro) boj to‘laydi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Bolalar uchun viza narxi 40 yevro (shu paytga qadar 35 yevro)ni tashkil etadi. 6 yoshgacha bolalar viza uchun yig‘imlardan ozod etilgan.
Shengen hududiga kiruvchi davlatlar quyidagilar: Avstriya, Belgiya, Chexiya, Daniya, Estoniya, Finlyandiya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Vengriya, Islandiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Niderlandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Slovakiya, Sloveniya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya va Lixtenshteyn.
Teglar:
viza
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa