«Fidokor yoshlar» jinoyatning oldini oldi
- 17.02.2019 10:51
- 95
- Samarqand
Jomboy tumanida jamoat xafsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish, “Fidokor yoshlar” jamoatchilik patrul guruhlari tarkibiga kiritilgan yoshlar faoliyatini takomillashtirish, ular duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish masalalariga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Yoshlar ittifoqi tuman kengashi, tuman mudofaa ishlari hamda ichki ishlar bo‘limlari hamkorligida
tashkil etilgan tadbirda patrul guruhlarining samarali faoliyati natijasida tumandagi Qo‘ng‘irot mahallasidagi jinoyatlarning oldi olinayotgani ibrat sifatida ko‘rsatildi.
Bunday patrul guruhlarida faol ishtirok etayotgan yoshlarga ittifoqning esdalik sovg‘alari topshirildi.