Filippinda bortida 200 dan ortiq odam bo‘lgan kema yong‘inida 12 kishi halok bo‘ldi

Filippinda yo‘lovchi kemasida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘lgan. Payshanba kuni ABS-CBN media guruhining xabar berishicha, halok bo‘lganlar orasida kamida uch nafar bola bor.

Manbaga ko‘ra, Baluk-Baluk oroli yaqinida yonib ketgan Lady Mary Joy 3 kemasi bortida 200 dan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan.

Bedarak yo‘qolgan 7 kishini qidirishda davom etmoqda. Rasmiylar yong‘in sabablarini o‘rganmoqda.