Filippin politsiyachilari masofa saqlanishini tayoq yordamida nazorat qilishga qaror qildi

Filippinning Manila shahri politsiyachilari rattan (tropiklarda o‘suvchi qamish) tayoqlari yordamida masofa saqlamaganlarni nazorat qilishga qaror qildi. Bu haqda Reuters yozadi.

«Politsiya va askarlar masofa saqlashni potrullashda yordam beradi.  Ular buni bir metr uzunlikka ega rattan tayoqchalari yordamida qilishadi», dedi COVID-19ga qarshi kurashning tezkor guruhi rahbari Sezar Binag. Uning ta’kidlashicha, bunday dubinkalar bilan qaysarlik qilgan yoki bo‘yin tovlagan tartibbuzarlarni savalashadi.

General-leytenantning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat rasmiylari gavjum joylarda hududni muhofaza qilish organlari xodimlari va askarlar sonini ko‘paytirishga qaror qilishgan. Xususan, gap bozorlar, savdo markazlari, cherkovlar va portlar haqida ketmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, mart oyidan beri rasmiylar tomonidan pandemiya bilan bog‘liq 700 mingdan ortiq cheklovlarni buzish holatlari qayd etilgan.

Filippinda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallanganlar 4 million 360 mingdan ortib ketdi, 8,5 mingdan ortiq kasal vafot etdi.