Osiyo mamlakatlarining birida koronavirusni mutatsiyaga uchragan yanada xavfli shtami aniqlandi

Filippinda koronavirusni mutatsiyaga uchragan shtampi aniqlandi. U odatiy koronavirus infeksiyasidan yuqimliroq ekanligi aytilmoqda. Bu haqda The Straits Times nashri xabar berdi.

Filippin genomlarni o‘rganish markazi, yangi G614 shtampi Keson-Sitida kasallangan ayrim bemorlarda aniqlanganligi to‘g‘risida ma’lum qildi. Shifokorlar taqdim etgan ma’lumotga ko‘ra, mutatsiya iyun oyida shakllana boshlagan, o‘sha vaqtda uning izlari Malayziyada aniqlangan. Ayrim ma’lumotlarning guvohlik berishicha, virusning bu turi kasallikni og‘irroq kechishiga sabab bo‘ladi. 

“Biroq, G614 tashuvchilari haqiqatdan ham dastlabki shtammlarga nisbatan yuqimliroq ekanligi noaniqligicha qolmoqda. Shu bilan birga, mutatsiya klinik ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsatmaydiganga o‘xshamoqda”, - ta’kidlashdi mutaxassislar. Virusning bu turi oqibatida o‘limlar soni ortmayotganligi va kasallik alomatlarida ham farq qayd etilmayotganligi ta’kidlanmoqda.

Genetika mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, G614 shtampini o‘rganish foydadan holi bo‘lmaydi, bu ularga koronavirusni yaxshiroq tushunishga yordam beradi.