Fukusimada yana zilzila yuz berdi
- 19.04.2022 10:44
- 36
- Xorij
Yaponiya shimoli-sharqida 5,3 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda mamlakat bosh meteorologiya boshqarmasi.
Yer silkinishlari Fukusima prefekturasining Nakadori hududida mahalliy vaqt bilan 08.16 (Toshkent vaqti bilan 04.16) da qayd etilgan. Manba 90 kilometr chuqurlikda joylashgan.
O‘z navbatida, Yevropa-O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi zilzila magnitudasi 5,7 ga yetgani haqida ma’lum qildi.
Qurbonlar va vayronalar, sunami xavfi haqida ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 17 mart kuni ham Yaponiyaning Fukusima provinsiyasining yettita prefekturasida 7,4 balli zilzila sodir bo‘lgan, 4 kishi halok bo‘lgan va 200 kishi jabr ko‘rgan edi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 1 soat avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Bugun, 10:05
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand