Futbol: 2025 yilgi mavsumda Superligada 16 ta jamoa o‘ynaydi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasiga o‘tish o‘yinlarining so‘nggi bahsida "Olimpik" va "Metallurg" jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Poytaxtimizdagi “Bunyodkor” stadionida o‘tgan mazkur uchrashuvda “Metallurg” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa "Metallurg" kelgusi mavsum ham milliy chempionatimizda ishtirok etish masalasini hal qildi.
Endi kelgusi mavsumda Superligada 16 ta jamoa – “Dinamo”, “Andijon”, “Buxoro”, “Bunyodkor”, “Mash’al”, “Metallurg”, “Nasaf”, “Navbahor”, “Neftchi”, “OKMK”, “Paxtakor”, “Qizilqum”, “Qo‘qon-1912”, “Surxon”, “So‘g‘diyona” va "Sho‘rtan" klublari mamlakat chempionligi uchun kurash olib boradi.
Ma’lumot o‘rnida: Joriy yilgi mavsumda vakillarimiz - "Dinamo" jamoasi turnirni 8-o‘rinda yakunladi. Qarshi shahrining “Nasaf” jamoasi 52 ochko jamg‘argan holda Superliga chempioni bo‘ldi. “Paxtakor” klubi a’zosi Dragan Cheran esa 13 ta gol urgan holda to‘purarlar ro‘yxatida birinchi bo‘ldi.