“G‘amgin farishta”: Rossiyada tibbiyot qahramonlariga yodgorlik o‘rnatildi

Sankt-Peterburgdagi tibbiyot oliy ta’lim muassasasi yaqinidagi “G‘amgin farishta” nomini olgan ushbu haykal pandemiya davrida halok bo‘lgan rossiyalik tibbiyot xodimlariga o‘rnatildi. Uning yaratuvchisi - Sankt-Peterburglik rassom Roman Shustrov 2020 yil may oyida «Kovid»dan vafot etgan.

Avvalroq Malaya Sadovayada “Xotira devori” yodgorligi o‘rnatilib, u yerda COVID-19 ga qarshi kurashda halok bo‘lgan shifokorlar suratlari joylashtirilgan edi. Endi u demontaj qilinib, barcha hujjatlar siyosiy tarixiy muzeyga topshirilgan.

Sankt-Peterburgda 24 mingga yaqin shahar aholisi pandemiya qurboni bo‘ldi, koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 700 mingga yaqinlashmoqda - bu Sankt-Peterburgning har yettinchi fuqarosi degani.

Jurnalist Galina Atyomenkoning fikricha, emlash sertifikatini turli mamlakatlar tomonidan o‘zaro tan olinishi muammoni hal qilishga yordam beradi:
“Vaksina urushlarini unuting, siyosatdan yuqori ko‘taring, vaksinalarni o‘zaro tan oling. Agar boshqa davlatlar vaksinalari Rossiyada tan olinsa, men ishonamanki, emlanganlar ko‘proq bo‘ladi”.

Rossiya va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida koronavirusga qarshi emlash sertifikatlarini tan olish bo‘yicha muzokaralar jarayoni sekin bo‘lsa-da, davom etmoqda. Moskva "Sputnik V" ishlab chiqaruvchi korxonalarni tekshirish uchun JSST ekspertlari kelishini kutmoqda.