G‘aroyib oilaviy an’ana va urf-odatlar
Sayyoradagi har bir xalqning oila va oilaviy an’analar haqida o‘ziga xos qarashlari, g‘oyalari borki, ular nafaqat qiziqarli, balki ibratlihamdir.
XITOY
Xitoyliklar uchun oila alohida bir davlat bo‘lib, uning rahbari — ota cheksiz huquqqa ega. Tarixan Xitoyda oilaviy an’analarga turli madaniyatlar va dinlar sezilarli ta’sir ko‘rsatgan bo‘lsa-da, eng oliy fazilat ajdodlarga hurmat ko‘rsatish bo‘lib qolmoqda. Oila boshlig‘iga ehtirom uning vafotidan keyin ham davom etadi.
Xitoyda asosiy merosxo‘rlar o‘g‘il farzandlardir, ota tomonidan vasiyat qilingan barcha mulk ular orasida teng taqsimlanadi. Hozirgi vaqtdaXitoyda oilaviy an’analar qadimgi sulolalardagi kabi o‘zgarmagan holda saqlanib qolingan.
HINDISTON
Hindistonda oilaviy an’analar jamiyat tabaqalarga bo‘lingan davrda shakllangan. Faqat bir xil toifa vakillari o‘zaro quda-anda bo‘lishhuquqiga ega va kuyovning ijtimoiy mavqei kelinnikidan yuqoriroq turishi lozim. Mamlakatda ajralish yoki qayta turmush qurish haqida hatto o‘ylash ham mumkin emas – ular taqiqlangan.
Shuningdek oilada tug‘ilishidan oldin farzandning jinsini bilish qonunchilik darajasida taqiqlangan. Ota-onalar ko‘p vaqtlarini o‘z bolalari va ular tarbiyasigabag‘ishlaydi, shu sababli farzandi uchun kuyov yoki kelinni oila boshlig‘i tanlaydi. Mamlakatda ijtimoiy sohadagi katta o‘zgarishlarga qaramay, oilaviy an’analarga o‘zgarishsiz amal qilinibkelinadi.
BRAZILIYa
Braziliyada ham ijtimoiy tabaqalanish juda sezilarli, shunga qaramay, ularni bir narsa - kuchli oilaviy an’analar birlashtiradi. Qarindoshlar o‘rtasidagi munosabatlar shunchalik kuchliki, har qanday oilaviy tadbir ko‘plab qarindoshlar yig‘ilishi uchun sabab bo‘la oladi.
Braziliyalik oiladagi har bir a’zoning rollari aniq taqsimlangan. Qizlar yoshligidanoq ayollar mehnati va kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalarga ega bo‘la boshlaydilar. Ular juda yosh 15-16 yoshida turmushga chiqadi. Kelajakda oila boshlig‘i hisoblanadigan o‘g‘il bolalarga ijtimoiy mavqeiga mos keladigan yaxshi ta’lim beriladi.
AVSTRALIYa
Oilaviy an’analar va qadriyatlar boshqa xalqlar kabi Avstraliya aholisi uchun katta rolo‘ynamaydi. Hatto katta bayramlarda oila a’zolarining kamdan-kam uchrashishi odatiy holdir. Qarindoshlar o‘rtasidagi aloqa uzoq vaqt davomida sodir bo‘lmasligi mumkin, chunki u yerdaaholining ish joyi yashash joyini belgilaydi.
Avstraliyaliklar uchun nikoh rasmiy marosim bo‘lib, u katta tantana bilan nishonlanmaydi. Ushbu tadbirni o‘tkazish uchun minimal mablag‘sarflanadi.
NORVEGIYa
Norvegiyada oila a’zolari o‘rtasidagi o‘zaro yordam uning asosidir. Ota-onalarning vazifasi yosh avlodga g‘amxo‘rlik qilishdir, bu esa keyinchalik ularning suyanchig‘i bo‘lib xizmat qiladi. Aka-uka,opa-singillar juda ko‘p vaqtini birgalikda o‘tkazishadi, umumiy manfaatlar ularni birlashtiradi. Ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi muloqot teng sharoitlarda amalga oshiriladi, ular orasida yopiq mavzular deyarli mavjud emas.
Oilada “erkak yordami” tushunchasi yo‘q - barcha a’zolar har qanday uy ishlarini bir xilbajarishi mumkin. Norvegiya qonunlariga ko‘ra, odamlar 67 yoshda pensiyaga chiqadi, shuning uchun bobo va buvilar vaqtini o‘z nabiralari tarbiyasiga bag‘ishlaydi.
FINLYaNDIYa
Xotirjamlik va muvozanat finlar xarakterining bir qismidir, shuning uchun bolalar biror bir ishqilishdan oldin uning ijobiy va salbiy tomonlarini taroziga solib, vazmin, ammo qat’iyatli bo‘lishga o‘rgatiladi. Erkaklar va ayollar bir xil huquqlarga ega va hatto uchrashganda bir-birlarining qo‘llarini siqishadi. Bunday salomlashishdan bosh tortish insonni xafa qilishi mumkin.
Finlyandiya jamiyatida odamlar o‘rtasida iliq munosabatlar qabul qilingan, lekin bolalarganotanish bilan muloqot qilmaslik o‘rgatiladi. Finlyandiyadagi oilaviy dam olish tadbirlari xilma-xillikni o‘z ichiga olgan bo‘lib, nafaqat sayr qilish va kinoga borishni, balki birga kitob mutolaa qilishni ham taqozo etadi.
ITALIYa
Italiyadagi oilaviy munosabatlar nihoyatda yuqori darajaga ko‘tarilgan va o‘zaro yaqin munosabatlar bilan ajralib turadi. Farzandlar jinsiga qarab turlicha tarbiyalanadi – ko‘pincha o‘g‘il bolalar erkalanadi. Bunday munosabat erkaklarning onalariga mehribon bo‘lganligi bilantushuntiriladi. Qizlarga kelajakda ular oila posboni bo‘lishi, turli xil hayotiy vaziyatlarga ehtiyotkorlik bilan qarashlari lozimligi uqtiriladi.
Italiyada nafaqat qondoshlar, balki oila bilan bog‘liq bo‘lgan har bir kishi qarindosh deb bilinadi. Muhim qarorlar qabul qilinganda katta va shovqinli kompaniya to‘planadi. Hatto kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, barchasioiladan tashqariga chiqmaydi.
***
Hayot sinovlari, zamonaviy hayot, tirikchilik va hokazolar sababli odamlar o‘z ildizlarini yo‘qotib bormoqda. Ajdodlar bilan aloqalarni tiklash muhim vazifa, masala yechimi oilani mustahkamlaydi. An’analarni asrab-avaylash, ularga amal qilish va kelajak avlodga yetkazish mustahkam va do‘stona oila yaratish garovidir.
B.Muhammadiyeva tayyorladi.