Gavhar Zokirova: Farrux akamning nomi u yerda turishi anglashilmovchilik

Bo‘layotgan to‘polonlar sabab Zokirovlar oilasining vakili, O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirova bilan ulandik. Opaning rus tiliga rasmiy maqom berilishi borasidagi xatdan va bu xat ostiga xayrixoh inson sifatida Farrux Zokirovning nomi turganidan xabari yo‘q ekan.

Gavhar opa ajablanib shunday deydi: “Avvalo bu mutlaq mantiqqa zid. Men barcha millatlar va ularning ona tilini hurmat qilaman. Lekin davlat tili bitta bo‘ladi, bu ham bo‘lsa ona tilidir. Farrux akamning nomi u yerda turishi, bu anglashilmovchilik, xolos. Men bunga ishonaman. U kishi hozir safardalar. Qaytganlaridan so‘ng, albatta, o‘zlari oydinlik kiritadilar. Faqat xalqimizdan iltimos, hukm chiqarishga shoshilmang”.