Grippga qarshi emlashdan so‘ng kasallanish xavfi kamayadimi?

— Grippga qarshi vaksinaning ahamiyati nimada va emlash jarayoni qachondan boshlanadi?

Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bosh mutaxassisi Dilorom TURSUNOVA javob berdi:

— Kuz-qish faslida respirator infeksiyali kasalliklar ko‘p uchraydi. Ulardan butun dunyoda keng tarqalgani esa mavsumiy gripp hisoblanadi. Gripp – yuqumli kasalliklar sirasiga kirgani uchun bu mavsumda xavflilik darajasi ortadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, emlashdan so‘ng kasallikka chalinish xavfi 70-90 foizga kamayadi.

Vaksina markazlarida allaqachon grippga qarshi emlash ishlari boshlab yuborilgan. Aksariyat insonlar butun dunyoga xavf solib turgan koronavirus infeksiyasini yengil o‘tkazish uchun ham mavsumiy gripp uchun emlatishni ixtiyor etishgan. Yurtimizda ham grippga qarshi emlatayotganlar yildan yilga ko‘payib bormoqda.