Gul choylari qanday xususiyatlarga ega?
Moychechak choyi bronxit, bosh og‘rig‘i uchun foydali, shuningdek, oshqozon og‘rig‘i va nafas yo‘llari ishini yengillashtiradi. Moychechak damlamasidan shamollab qolish bilan bog‘liq yuqumli kasalliklarda tonik sifatida foydalanish yaxshi samara beradi.
Yasmin choyi - vitaminlarga boy, toksinlarni yo‘qotadi, vazn yo‘qotishga yordam beradi, ko‘rishni yaxshilaydi, ovqat hazm qilish jarayoniga yordam beradi va hissiy muvozanatni tiklashga yordam beradi.
Pion gulbarglari choyi - ateroskleroz, nafas qisishi, bronxial va kardial astma bilan og‘rigan bemorlarga, shuningdek, o‘t yo‘llari, oshqozon spazmlari, buyrak sanchiqlarida tavsiya etiladi.
Lavanda damlamasi hazmsizlik, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, migren, jigar kasalliklarida yordam beradi.