Guli xonim Sheyx xotin-qizlar uchun master-klass o‘tkazmoqda
Samarqand shahrida tug‘ilib-o‘sgan, bugungi kunda Buyuk Britaniyada yashayotgan va u yerda o‘zbek hunarmandchiligini dunyo mamlakatlariga targ‘ib etish bilan shug‘ullanuvchi “Silk Route Global” kompaniyasi asoschisi Guli xonim Sheyx tomonidan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ymoqchi bo‘lgan xotin-qizlar uchun master-klass o‘tkazilmoqda.

Ushbu mahorat darslari ZOOM dasturi orqali har haftaning seshanba kuni soat 18.00 da bo‘lib o‘tadi. Bunda xotin-qizlarimiz uchun yetakchilik, biznes boshqaruv, adolatli rahbar, gender tengligi, hayotiy saboqlar va ta’lim yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar olib boriladi.
Men bu mahorat darslarida qatnashib, tadbirkorligim uchun o‘zimga kerakli va dunyo tajribasi ifoda etilgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldim.
Bahora Rustamova, tadbirkor.