Haqoratga haqorat bilan javob berish kerakmi?
Umuman, sizni haqorat qilgan kishiga javob qaytarish kerakmi? Balki mag‘rurona jim turish yoki ketish yaxshiroqdir.
Lekin bilasizmi, faylasuf Platon haqoratjavobsiz qolmasligi kerak, deb hisoblagan. Javob qisqa, kinoyali izoh shaklida qilinishi, sizga otilgan tosh qaytarib berilishi kerak. Haqiqiy notiq o‘zini haqorat qilishga jur’at etgan kishiga qisqa va kamsituvchi javob bera olishni uddalashi lozim. Boshqa qaytarilmaslik uchun!
Uinston Cherchill ichishni yaxshi ko‘rsa ham, gapga chechan edi. Bir kuni u o‘zini piyonista deb atagan xonimga “Men-ku ertaga hushyor bo‘laman, lekin sizning tashqi ko‘rinishingiz yaxshi tomonga o‘zgarishiga shubham bor, bu dargumon...”, deb javob qilgan.
Ko‘plab buyuk insonlar ham haqoratlangan. Yozuvchi Anton Chexovga boshqa bir yozuvchi u panjara ortida, mast holda o‘lib ketishini aytgan. Noshirunga “Mabodo mast emasmisiz, azizim?” deya og‘izdan nafas chiqarishni so‘ragan. Odamlar Pushkinga dengizchi uning bobosini bir shisha romevaziga sotib olganini yozishgan.

Ixtirochi Tomas Edisonga uning joyi jinnixonada ekanligini aytishgan. Bir jurnalist buyuk qo‘shiqchi Mariya Kallas haqida uning “oyoqlari filnikidek” deb yozgan edi.
Buyuk odamlar albatta ranjigan, tashvish tortgan, og‘ringan va xafa bo‘lgan. Axir har kim ham har doim Platonning maslahatiga amal qilish va haqoratga qisqa, kinoyali so‘zlar bilan javob berish imkoniga ega emas-da. Ular o‘rniga hayotning o‘zi javob berdi. Notavon xo‘rlovchilarni hozir kim biladi va kim eslaydi deysiz? Buyuk odamlaresa ajoyib va boy hayot kechirdilar. Ular haqiqiy yulduz bo‘lgan!
Mashhur pianinochi Valentino Liberachye haqoratga eng yaxshi javob topa olgan odam bo‘ldi. U haqida gazetada juda yomon, haqoratli maqolayozishdi. Shundan so‘ng natijadan bahramand bo‘lishni istagan badxohlar qo‘ng‘iroq qilib, undan so‘rashdi: “Xo‘sh, qalay? Maqolani o‘qidingizmi?”
Pianinochi yaxshi javob berdi.
- Ha, - dedi u, - o‘qidim. Bankka o‘zimning katta gonorarimni olishga ketayotganimda, yo‘lda o‘qib qoldim, qah-qahlab kuldim, juda kulgili chiqibdi.
Ana shuning o‘zi haqoratga qarata qilingan eng yaxshi javob. Chunki hech narsaga arzimaydigan,haqir, hasadgo‘y va iste’dodsiz odamlar haqorat qiladi. Ularga javob berish uchun bizda vaqt yo‘q.Aytgancha, qalam haqi olish uchun bankka borish vaqti keldi!..
Bahora tayyorladi.