Haydovchi va yo‘lovchi e’tirozi yoxud yo‘ldagi suhbat
- 21.06.2020 11:40
- 357
- Jamiyat
Samarqand shahridagi Kimyogarlar shaharchasi va "Marmar bozori" yo‘nalishlarida harakatlanuvchi 6-avtobusning yo‘lovchilari har doim ko‘p. Bugungi pandemiya sharoitida avtobusda yo‘lovchi ko‘pligi bois taksi to‘xtatdim va manzilimni aytdim.
- Opa, 10 ming so‘m bo‘ladi, - dedi haydovchi.
- Sal arzonroq qiling, oldinlari 5 ming so‘mga manzilimizga ketardik-ku, - deyman ko‘nglim xijil bo‘lib.
- Opa, oldinlari bitta mashinada 4 nafar yo‘lovchini olardik, hozir karantin qoidalariga ko‘ra, mashina salonida faqatgina ikki yo‘lovchi bilan harakatlanishimiz lozim, - dedi tushuntirgan bo‘lib.
Matematik jihatdan hisob-kitob qiladigan bo‘lsak haydovchining e’tirozlari to‘g‘ri, ammo yo‘lovchilar “cho‘ntagi” bilan kim hisoblashadi?..
Nasiba Jonto‘rayeva.
Teglar:
taksi
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Bugun, 11:54
- Mutolaa