Rossiya taksi haydovchilari taqchilligini migrantlar bilan qoplamoqchi
- 18.12.2023 10:12
- 74
- O‘zbekiston
Rasmiy ma’lumotlarda mamlakatda 500 mingdan 2,5 milliongacha haydovchilar yetishmasligi qayd etilgan. Yo‘lovchi tashishni rivojlantirish bo‘yicha jamoat kengashi Federatsiya kengashiga migrantlarga ikki yil davomida taksi haydovchisi bo‘lib ishlashga ruxsat berish taklifini yuborgan.
“Biz migrantlarni nazorat ostida taksi ruliga vaqtincha olib kirishga ruxsat berishni taklif qilamiz”, — degan kengash raisi. Haydovchilar ustidan samarali nazoratni sug‘urta kompaniyalari boshqarish parametrlarini qayd qilishni o‘rnatilgan maxsus qurilma - "Sug‘urta telematikasi" ta’minlashi mumkin.
Hozirda Rossiyada milliy guvohnomaga ega bo‘lgan Belarus va Qirg‘iziston fuqarolariga taksi haydovchisi sifatida ishlashga ruxsat berilgan. Boshqa davlatlarning fuqarolari ishlash uchun Rossiya litsenziyasini olishlari kerak.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandning jajji yulduzi
- Bugun, 11:06
- Jamiyat