Hayotiy hikmatlar: o‘qing, amal qiling!
Eng shijoatli odam birinchi uzr aytadi, eng kuchli odam birinchi bo‘lib kechiradi, eng baxtli odam birinchi bo‘lib unutadi.
***
Agar insonlar bir-birlari haqida gapirishdan ko‘ra ko‘proq bir-birlari bilan gaplashishni o‘rgansalar edi, ko‘p muammolar yo‘qolgan bo‘lardi.
***
Shunday odamlar borki, biz ularni unutmaymiz, biroq eslaganimizda tabassum ham qilmaymiz (tabassum bilan eslaganlaringizni Alloh uchun suygan bo‘lasiz!).
***
Qattiq bog‘lanib qolgan kishilarimizni va narsalarimizni yo‘qotishdan qo‘rqishimiz – bizning bu dunyodagi eng zaif nuqtamizdir!
***
Agar aslingni (o‘zligingni) ro‘yobga chiqarishda muvaffaqiyatsizlikka uchrasang, aslingni emas, uslubingni o‘zgartir!
***
Biror kishidan o‘ch olishni o‘ylab, miyangni band qilib o‘tirma!
***
Taqdir hisob-kitobni sof va adolatli qilishda juda beqiyos ish olib boradi.
***
Birovning birovni yomonlayotganini eshitganing uchun o‘sha yomonlanganni yomon ko‘rishing ahmoqlikdan boshqa narsa emas.
***
Insonni hayvondan ajratadigan narsa aqlning o‘zi emas, vijdon hamdir.
***
Agar sen yashayotgan shahar o‘rmonga aylanib qolgan bo‘lsa, sen ham hayvonga aylanib olishing shart emas!
***
Sendagi barcha chiroyli narsalarni sindirish, yo‘q qilish maqsadida yurgan atrofingdagilarni rozi qilishga urinib yashashing o‘zingga nisbatan o‘ta qo‘pol va berahm ekanligingdan dalolatdir.
***
Ko‘p narsani yashiraverishimiz qalbimizni arzimas narsalardan ham ta’sirlanadigan qilib qo‘yadi.