Hind vaksinasi bilan emlanganlar orasida o‘lim holatlari kuzatildi

Koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan hindistonliklar orasida birinchi o‘lim holatlari ma’lum bo‘ldi: gap ikki nafar ko‘ngilli haqida ketmoqda. Bu haqda India Today yozmoqda.

Umuman olganda, 580 kishida vaksinaning yot ta’siri - asosan isitma, ko‘ngil aynishi va bosh og‘rig‘i kuzatilgan. Yetti kishi og‘ir asoratlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, ulardan ikkitasi vafot etgan. Rasmiy xabarlarga ko‘ra, ehtimol ulardan birining o‘limi emlash bilan bog‘liq emas. Ikkinchisining vafoti sababi aniqlanmoqda.

Vafot etganlardan biri Hindistonning Moradabad shahridagi kasalxona xodimi. U emlanganidan keyin ertasi kuni vafot etdi.

Hindistonda koronavirusga qarshi milliy emlash kampaniyasi 16 yanvarda boshlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ikki kun ichida 224 mingdan ortiq odam emlandi. Hammasi bo‘lib 30 million kishi vaksinani olishi ko‘zda tutilgan.