Hindistonlik biznesmen Adani dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi

U bu borada Amazon asoschisi Jeff Bezosni ortda qoldirdi. Bu haqda Bloomberg xabar tarqatdi. Adani yilni milliarderlar indeksi bo‘yicha 14-o‘rinda boshlagan, ammo moliyaviy ahvolini 146,9 milliard dollarga oshirib, hozirda aktivlari 260 milliard dollarga baholangan Tesla va SpaseX asoschisi Ilon Maskdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Bloomberg agentligining xabar berishicha, hindistonlik tadbirkor Adani Enterprises Ltd flagman kompaniyasining aksiyalari bu hafta rekord darajaga ko‘tarildi. Uning ba’zi kompaniyalari aksiyalari 2020 yildan beri 1000 foizga oshgan.

Aprel oyida Tesla va SpaseX rahbari Ilon Mask Forbes yillik milliarderlar reytingida birinchi marta birinchi o‘rinni egallab, sayyoramizning eng boy odamiga aylangan edi. 11 martdagi yakuniy hisob-kitoblarga ko‘ra Maskning boyligi 219 milliard dollarga baholangan. Yil davomida u 68 milliard dollarga boyidi.

Adanining otasi Hindiston shimolidagi Gujarat shtatidagi Tarad kichik shaharchasida oddiy to‘qimachilik savdogari edi. Xaridorlari ortidan do‘kon bilan shtatdagi eng yirik shahar Ahmadobodga ko‘chib o‘tadi. U yerda, 1962 yil 24 iyunda yetti bolaning to‘rtinchisi bo‘lib Gautam tug‘iladi. U 16 yoshida otasiga do‘konchilik ishini davom ettirishni istamasligini bildiradi. "Men maktabni tashlab, 16 yoshimda Mumbayga biznesda omadimni sinab ko‘rish uchun bordim", deb eslaydi o‘z intervyusida.

Adani Mahendra Brothers kompaniyasiga olmos saralovchi sifatida ishga kirdi. Mahsulotni tushunib, qimmatbaho toshlar savdosida vositachi sifatida o‘zini sinab ko‘rdi. U Forbesni o‘zining birinchi olmos partiyasining eng yaxshi bitimi deb atadi, uni yetkazib berishni ko‘cha do‘konlari egalari bilan kelishib oldi: "Bu menga bitimlar tuzishim mumkinligiga ishonch bag‘ishladi!" Keyin u Mumbaydagi Zaveri bozorida o‘zining olmos savdo firmasini ochdi. Bu biznes uni bugun milliarderlar ro‘yxatida 2-o‘ringa olib chiqdi.