Samarqandlik hojilarning dastlabki guruhi kutib olindi

Bugun muborak haj amalini ado etgan 229 nafar hamyurtlarimiz Samarqand xalqaro aeroportida kutib olindi.

– Hojilarga ko‘rsatilgan e’tibor va g‘amxo‘rlik tufayli turmush o‘rtog‘im bilan muqaddas Haj va Umra amallarini ado etdik, – deydi payariqlik 71 yoshli Mastura Ermamatova. – Haj amallarini bajarishda xalqimizning farovonligi, yurtimiz tinchligi uchun duo qildik. Shunday imkoniyat yaratib bergan yurtboshimizga katta minnatdorchilik bildiraman.

Hoji ota va hoji onalarni yuqori saviyada kutib olinib,  maxsus avtobuslarda doimiy yashash manzillariga yetkazildi.

Eslatib o‘tamiz, muborak farz amalini bajarish uchun joriy yilning 26 va 28 iyul kunlari Samarqand xalqaro aeroportidan 459 nafar hamyurtlarimiz Saudiya Arabistonining Madina shahriga jo‘nab ketgan edi.