Hokim o‘rinbosarlari o‘qiyapti

Samarqand veterinariya meditsinasi institutida Qashqadaryo, Surxondaryo, Navoiy va Samarqand viloyatlari tumanlari hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari o‘quv-seminari boshlandi.

7-15 yanvarga mo‘ljallangan hududiy seminarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi, Suv xo‘jaligi vazirliklari va boshqa vazirlik, davlat qo‘mitalari mutaxassislari, olimlar soha faoliyatini tahlil etib, o‘tgan mavsumda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yo‘llari, hosildorlikni oshirish, yer va suvdan tejamkorlik bilan foydalanish, bu borada jahon tajribasini qo‘llash, kadrlar malakasini oshirish kabi mavzularda muhokamalar o‘tkaziladi.

Shuningdek, o‘quv davomida ishtirokchilar viloyatdagi fermer xo‘jaliklari, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari faoliyati bilan ham yaqindan tanishadi.

Seminar yakunida sohani rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqiladi.

O‘.Xudoyberdiyev.