Hujjatsiz faoliyat yuritayotgan oshxonaga rasmiy ogohlantirish xati berildi
“Samarqand – LIVE” telegram kanalida viloyat hokimiyatining to‘g‘risida joylashgan «Ko‘ksaroy» nomli oshxonada to‘lov terminali va nazorat kassa mashinasi yo‘qligi haqida mulohaza chop etildi.
Samarqand shahar davlat soliq inspeksiyasi xodimlari tomonidan o‘rganilganda yuqorida nomi qayd etilgan oshxona hujjatsiz faoliyat yuritayotganligi aniqlandi. “Ko‘ksaroy” oshxonasi rahbariyatiga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirildi. Oshxonada faoliyat yuritayotgan 3 nafar ishchini va faoliyatini qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha rasmiy ogohlantirish xati berildi. Qonuniy faoliyat yuritishlari bo‘yicha batafsil tushuncha va xarid chekining ahamiyati, hujjatsiz faoliyat yuritayotganlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan choralar tushuntirib o‘tildi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki jamoatchilik nazorati nafaqat tadbirkorlarning qonuniy faoliyat yuritishida,balki davlat soliq xizmati organlari xodimlarini ham o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan qarashida muhim rol o‘ynaydi.
Shuningdek viloyat hokimligi atrofida joylashgan barcha umumiy ovqatlanish shoxobchalari, savdo do‘konlarida “Xarid chekini talab qilib oling!” tadbirining ahamiyati haqida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Hurmatli tadbirkorlar unutmangizlar davlat soliq xizmati organlari insofli soliq to‘lovchilarning yaqin ko‘makdoshi.