Maktab oshxonalari faoliyatiga ruxsat beriladimi? U qanday talablarga javob berishi kerak?

Maktab oshxonalari faoliyat yuritishiga SSV tomonidan ruxsat berilgani yo‘q.

Maktab oshxonalari faoliyatiga ruxsat berilganda:

➖ tana haroratining o‘lchanishi;

➖ sifatli va issiq ovqatlarning tayyorlanishi;

➖ bolalar ovqatlanishida masofa 2 metrdan uzoqroq bo‘lishini ta’minlash;

➖ bir stolda 4 nafardan ortiq bolalar o‘tirmasligini ta’minlash;

➖ qo‘llarni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan ishlov berish uchun to‘liq sharoit bo‘lishi shart (suv, sovunlar, qog‘oz salfetkalar va hokazo).

"Sanitariya va epidemiologiya xizmati tomonidan doimiy ravishda maktablar oshxonasi sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishlari o‘rganiladi va nazorat qilib boriladi.

Bugungi kunda bu me’yorlar talab darajada saqlanishi maktab rahbariyati va xodimlari hamda ota-onalar nazoratida bo‘lishi kerak", deb javob berdi AOKA huzuridagi shtabda o‘tkazilgan brifingda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayev