Idishni topshirgan pul oladi
Buyuk Britaniyada plastik idishlar va alyumin bankalarni topshirganlar xarid pullarini 20 pensini qaytarib oladilar. Buning uchun hamma joyda maxsus avtomatlar o‘rnatilgan.
Iste’moldan bo‘shagan idishni topshirgan zahotingiz 20 pens pulingizni qaytarib olasiz.
Ushbu chora tashabbuskorlari shu tariqa ko‘chalar, chiqindixonalar, tevarak-atrofni ifloslanishdan saqlanishiga ishonch bildirishmoqda.
Buyuk Britaniyada har yili sotiladigan 14 milliard plastik idishlarning 700 mingtasigina qayta ishlanadi. Germaniyada esa idishlarni qayta ishlash tizimi joriy etilgan, qayta ishlash darajasi 99 foizga yetdi.
Buyuk Britaniyaliklar bir yilda ichimliklardan bo‘shagan 14 milliard plastik idishlarni tashlab yuborishadi, uning 10 milliardi tunuka bankalar, 5 milliardi shisha idishlardir. Raqamlar salmoqli. Idishlarni qaytarib topshirish nafaqat ekologiya, balki iqtisodiy jihatdan ham sezilarli foyda keltiradi, deb yozadi “Mir novostey” 2021 yil 13-sonida.
Yangi atom suvosti kemasi
Rossiya Harbiy dengiz kuchlari Arktikada noyob o‘quv mashqlari o‘tkazdilar. Harbiy dengizchilar o‘z harbiy flotlari tarixida birinchi marta uch muzyorar atom suv osti kemalarini namoyish etdi.
Frans-Iosif Yeri arxipelagi hududida o‘tkazilgan “Umka-2021” komplesk armiya o‘quvlarida submarinlar 1,5 metr qalinlikdagi muzni yorib chiqib, nishonga aniq uradi. Bunday qudratli suvosti atom muzyorar kemasi ham birorta davlat dengiz flotida yo‘q.
T.Shomurodov tayyorladi.