Ijodiy tanlovning eng yosh qatnashchisi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Xotira muqaddas -  inson aziz!” nomli ijodiy ishlar tanlovi e’lon kilingan edi.

G‘alabaning 75 yilligi arafasida maktab o‘quvchilari tomonidan 3 mingga yaqin videroliklar kelib tushdi. Mazkur ijodiy ishlar karantin davrida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan. Ijodiy ishlar soha xodimlari tomonidan xolisona baholanib, g‘oliblar 1-4, 5-8, 9-11-sinflar kesimida aniqlandi.

Samarqand shahridagi 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-sinf o‘quvchisi Elshod Do‘stmurodov tanlovning eng yosh ishtirokchisi sifatida qayd etildi. Uning tanlovga yuborgan videoroligi 2-o‘ringa munosib, deb topildi.

Videorolikda Elshod “Inson nomi sarbaland” nomli she’rini Motamsaro Ona haykali poyida karantin qoidalariga rioya qilgan holda yod o‘qigan. U haykal poyiga gullar qo‘ygan va Xotira kitobidan bobosining nomini axtargan.

Tanlov g‘oliblari karantindan so‘ng maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Javohir HUSANOV