Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha yuzasidan
2020 yil 30 aprel kuni Instagram ijtimoiy tarmog‘ida mavjud bo‘lgan “Avtogalerya” nomli sahifada “Lasetti” rusumli, davlat raqam belgisi 30 T 019 GA bo‘lgan transport vositasining barcha oynalariga qora rangli plyonka o‘rnatganligi holati bo‘yicha noma’lum shaxs tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilganligi haqidagi, davomiyligi 16 soniyadan iborat videolavha tarqaldi.
Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida ushbu transport vositasi Samarqand viloyati Toyloq tumani Sochak mahallasida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan I.J.ga tegishli ekanligi va u haqiqatdan ham ushbu transport vositasining old va orqa yon oynalariga YHXB ruxsatnomasisiz, o‘zboshimchalik bilan qora plyonka yopishtirganligi aniqlandi.
Qoidabuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Yo‘l harakati qoidalari”ning 7.3 bandi talablarini buzganligi uchun viloyat IIB YHXB YPXB 1-YPX otryadi YPX katta inspektori serjant S.Nurullayev tomonidan UZ-20 seriyali 30-075538 raqamli ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtinchalik saqlash jarima maydonchasiga joylashtirildi.